Profnastil
Tom va devorga. Rangini RAL katalogidan tanlaysiz — zakazga olib kelamiz.
RAL rangini tanlang
Navoiyda metall va qurilish materiallari savdosi — 2007-yildan beri. Profnastilni viloyatga 2012-yili birinchi bo'lib biz olib kelganmiz, hozir 5000 dan ortiq mijoz biz bilan ishlaydi.
+998 99 669-00-09
Metall prokat · profnastil · qurilish materiallari
Navoiy · 2007-yildan beri
Tomdan poydevorgacha kerak bo'ladigan hamma narsa. Har bir pozitsiya uchun narxni hajmingizga qarab aniqlab beramiz.
Tom va devorga. Rangini RAL katalogidan tanlaysiz — zakazga olib kelamiz.
RAL rangini tanlang
Armatura, balka, truba — hammasi GOST bo'yicha, tarozida tortib beramiz.
Devorga ham, to'siqqa ham. Katta hajm olsangiz — narxini optom qilamiz.
Har doim yangi partiya. Qotib qolgan sement bizda bo'lmaydi.
Uy tashqarisini yopishga. Ranglarini ko'rib, solishtirib tanlaysiz.
Suvoq, yelim, putsovka — mayda-chuydasigacha bitta joydan olasiz.
Metalldan yog'ochgacha — hammasi bitta joyda. Kerakli o'lchamini telefonda aniqlashtirib olasiz.
2012-yilgacha Navoiyda profnastilni hech kim sotmasdi — birinchi partiyani tavakkal qilib biz olib kelganmiz. Bugun yuzlab quruvchi, pudratchi va korxona doimiy mijozimiz. Sababi oddiy: aytgan so'zimiz bilan tortgan tonnamiz hech qachon farq qilmaydi.
«Sifat va aniq og'irlik — bizning eng kuchli reklamamiz.»
Profnastilni Navoiyga 2012-yili birinchi bo'lib biz olib kelganmiz. O'shandan beri shu bozorning ichidamiz — qaysi mol qayerga to'g'ri kelishini so'rasangiz, darrov aytamiz.
Mol tarozidan o'tib ketadi. Qog'ozda necha kilo yozilgan bo'lsa, mashinangizda ham shuncha bo'ladi. Kamomad degan gap bizda yo'q.
«Bor rangdan olasiz» demaymiz. Loyihangizga qaysi rang kerak bo'lsa, RAL bo'yicha zakaz qilib olib kelamiz.
Shartnoma, hisob-faktura, QQS — hammasi rasmiy. Buxgalteringiz bilan talashib o'tirmaysiz.
Bitta uyga tom yopayotgan bo'lsangiz ham, obyekt qurayotgan bo'lsangiz ham — kelavering. «Kichkina mijoz» degan gap bizda yo'q.
Qo'ng'iroq qilasiz, hajmni aytasiz — narxni shu yerning o'zida aytamiz. «Keyin aytamiz» deb sarson qilmaymiz.
Korxonalar uchun to'liq hujjat, hisob-faktura va QQS bilan.
Kerakli tovar bilan hajmni aytsangiz bo'ldi — narxi va qachon yetkazib berishimizni shu qo'ng'iroqning o'zida aytamiz.